O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Tadbirlar· 2 daqiqa o'qish

Forum davom etmoqda: «Innovatsion HR boshqaruvi»

Inson resurslarini boshqarish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli transformatsiya va xalqaro tajribaga bag‘ishlangan panel sessiyasi.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Matbuot xizmati

Forum doirasida inson resurslarini boshqarish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli transformatsiya va xalqaro tajribaga bag‘ishlangan «Innovatsion HR boshqaruvi» panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada «HR-o‘quv» platformasining maqsadi va funksional imkoniyatlari, O‘zbekistonda CIPD xalqaro standartlarini joriy etish istiqbollari hamda HR sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xususan, davlat xizmatchilari faoliyatini samaradorlik asosida baholash mexanizmlari, biznesning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, xodimlarni tanlash va boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, mehnat bozoridagi ko‘nikmalar tanqisligini bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliy yechimlar taqdim etilmoqda.

#HR#forum#raqamli transformatsiya#CIPD

Boshqa yangiliklar