O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Tadbirlar· 3 daqiqa o‘qish

O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Markaziy bank hamkorligida mehnat bozori, inson kapitali va zamonaviy HR boshqaruviga bag‘ishlangan yirik forum boshlandi.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Matbuot xizmati

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Markaziy bank hamkorligida mehnat bozori, inson kapitali va zamonaviy HR boshqaruviga bag‘ishlangan yirik forum boshlandi.

Tadbirda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, tijorat banklari, xususiy sektor, yirik ish beruvchilar, HR sohasi mutaxassislari, ilmiy doiralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum davomida

  • mehnat bozori transformatsiyasi;
  • innovatsion HR boshqaruvi;
  • sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar;
  • xalqaro HR standartlari;
  • inson kapitalini rivojlantirish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligining yangi mexanizmlari muhokama qilinmoqda.

Tadbir doirasida mamlakat mehnat bozori bo‘yicha eng so‘nggi ko‘rsatkichlar, «Oson Ish» platformasi, «Skill Up» loyihasi, «Mehnat kodeksiga sharh» elektron platformasi hamda tijorat banklari ishtirokidagi mehnat yarmarkasi taqdim etilmoqda.

Forum zamonaviy mehnat bozori uchun yangi yechimlar, ilg‘or tajribalar va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydonidir.

#mehnat bozori#HR#forum#inson kapitali

Manba: t.me/mehnatvazirligi

Boshqa yangiliklar