O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
388-modda

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tushunchasi

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›24-bob · Umumiy qoidalarAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari deganda ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning umumiy qoidalari qoʻllanilishini qisman cheklovchi yoxud qoʻshimcha qoidalarni nazarda tutuvchi qoidalarni belgilash tushuniladi.

Sharh

Sharhlanayotgan moddaga koʻra, ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning umumiy qoidalari qisman cheklanadi yoki ularga nisbatan qoʻshimcha (imtiyozli yoki majburiy) qoidalar belgilanadi. Bu esa, mehnat munosabatlarini tartibga solishda differentsiallik (farqlash) mavjud ekanligini koʻrsatadi. Bu farqlar bir qator omillar, jumladan, aniq bir mehnat faoliyatining xususiyatlari, xodimlarning

…
Qisqacha xulosa

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari — ular uchun mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari qoʻllanishini qisman cheklaydigan yoki qoʻshimcha qoidalarni belgilaydigan normalardir. Yaʼni ayrim kasb yoki holatdagi odamlar uchun boshqa xodimlarga nisbatan alohida qoidalar belgilanishi mumkin. Bu qoidalar odatda ularning himoyasini kuchaytirish yoki ish xususiyatini hisobga olish uchun kiritiladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.