O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
383-modda

Ishni taʼlim bilan birga olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish

V bo'lim · Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish›23-bob · Ishni taʼlim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Ish beruvchi mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida oʻqitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan oʻtayotgan, shuningdek ishlab chiqarish taʼlimini oʻtayotgan xodimlarga ish va oʻqishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida tahsil olib, oʻquv rejasini bajarayotgan

…
Sharh

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 50-moddasiga koʻra fuqarolarning taʼlim olish huquqi belgilangan. Fuqarolarning, shu jumladan xodimlarning taʼlim olish huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu norma, xodimlar uchun ham tatbiq etiladi.

Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismiga koʻra ish beruvchi:

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi ishdan ajralmagan holda oʻqiyotgan, qayta tayyorlanayotgan, malaka oshirayotgan yoki ishlab chiqarish taʼlimini oʻtayotgan xodimlarga ish va oʻqishni birga olib borish uchun zarur sharoitlarni yaratishi shart. Oʻquv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlangan holda oʻquv taʼtili, qisqartirilgan ish haftasi va qonunda nazarda tutilgan boshqa kafolatlar beriladi. Bu kafolatlar xodimning oʻqishi sababli ish haqi yoki ish joyidan mahrum boʻlishining oldini oladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.