O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
384-modda

Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirayotgan xodimlar uchun kafolatlar

V bo'lim · Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish›23-bob · Ishni taʼlim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida oʻn besh kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi, taʼlim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.

Sharh

Mazkur modda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlariga qoʻyilgan xodimlar uchun kamida oʻn besh kalendar kundan iborat ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi belgilangan. Ushbu muddat ichiga yoʻlga ketgan vaqtlar kirmaydi. Yaʼni ish beruvchi xodim istiqomat qiluvchi hududidan kirish imtihoni boʻlib oʻtadigan joyga borishi va qaytib kelishi uchun sarflanadigan vaqt alohida hisoblab beriladi.

Xodim t

…
Qisqacha xulosa

Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga imtihonlarni topshirish uchun kamida 15 kalendar kun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil beriladi. Taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borish va qaytish vaqti bu muddatga kirmaydi. Bu taʼtil xodimga ishdan ajralib imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.