O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
370-modda

Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari

V bo'lim · Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish›21-bob · Umumiy qoidalarAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga boʻlgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno.

Xodimlarni qayta tayyorlashga va oʻz malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat

…
Sharh

1. Mazkur moddaning birinchi qismiga koʻra xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati ish beruvchi tomonidan oʻz vakolatiga koʻra yoki qonunchilikda koʻrsatilgan tartibda belgilanishi qayd etilgan. Bu masala ish beruvchining tashkilotdagi ishning samaradorligini va xodimlarning kasbiy standartlar talablariga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan huquq va burchidir.

Ish beruvchining xodimlarni

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish zaruratini belgilaydi (qonunchilikda alohida hollar bundan mustasno). Bu jarayonning tartibi qonunlar va mehnat shartnomalarida koʻrsatiladi. Agar xodim majburiy ravishda oʻqishga yuborilsa, ish joyi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Ixtiyoriy holda esa ish joyi saqlanadi, ish haqini saqlash masalasi esa shartnoma yoki ichki hujjatlar orqali hal qilinadi. Qayta tayyorlash shakllari va kerakli mutaxassisliklar roʻyxati ish beruvchi va kasaba uyushmasi kelishuvi bilan belgilanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.