O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100-modda

Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda oʻrtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish kafolatlari

III bo'lim · Ishga joylashtirish (maxsus qism)11-bob · Ish beruvchi tomonidan bandlik va ishga joylashtirish sohasida taqdim etiladigan kafolatlar

Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqining ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:

xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;

Sharh

1.1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida ish beruvchi tashabbusi bilan yoki tashkiliy oʻzgarishlar tufayli mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqini saqlab qolish kafolati belgilangan.

Bu mexanizm, oʻz navbatida, xodimning iqtisodiy huquqiy xavfsizligini taʼminlaydi va ularni ishsizlik sharoitida qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.