O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
273-modda

Mehnat normasining turlari

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›16-bob · Mehnatni normalashtirishAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Mehnat normasining turlari quyidagilardan iborat:

vaqt normasi — muayyan tashkilot uchun eng maʼqul boʻlgan tashkiliy-texnik sharoitlarda bir xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan muayyan ish birligini (bitta mahsulot, bitta operatsiyani) bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti miqdori. Qoida tariqasida, norma-soatda, kishi-soatda, kishi-daqiqada, soniyalarda hisoblab chiqiladi.

…
Sharh

1.1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida mehnat normasining turlari koʻrsatilgan boʻlib, ushbu roʻyxat barchasi emas, asosan amaliyotda koʻp ishlatiladigan mehnat normalari hisoblanadi.

1.2. Vaqt normasi (vaqt meʼyori) bu bitta xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan maʼlum ish hajmini bajarish uchun, misol uchun bitta xodim bitta mahsulot ishlab chiqarish yoki mahsulotning bir qismi,

…
Qisqacha xulosa

Mehnat normalari — xodimning ishni qanday hajmda, qancha vaqtda va qanday sharoitda bajarishini belgilaydigan koʻrsatkichlardir. Ularning asosiy turlari: Vaqt normasi — bir ishni bajarish uchun kerakli vaqt Ishlab chiqarish normasi — belgilangan vaqtda bajarilishi kerak boʻlgan ish hajmi Xodimlar soni normasi — ishni bajarish uchun zarur xodimlar soni Xizmat koʻrsatish normasi — bir xodim xizmat qilishi lozim boʻlgan obʼyektlar yoki hududlar soni Lavozim kiritish normasi — tashkilot vazifalari uchun zarur lavozimlar Boshqariluvchanlik normasi — bir rahbarga boʻysunadigan xodimlar soni Malaka normasi — ishni bajarish uchun zarur bilim va koʻnikma darajasi Kasbiy standartlar — muayyan kasb uchun talab qilinadigan malaka tavsifi Shuningdek, jamoaviy ish sharoitida yiriklashtirilgan mehnat normalari ham qoʻllanilishi mumkin. Mehnat normalari xodim toʻliq ish vaqtida oʻz vazifasini bajara oladigan darajada belgilanadi va ayrim ishlar uchun davlat tomonidan namunaviy normalar tasdiqlanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.