O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
277-modda

Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›16-bob · Mehnatni normalashtirishAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida narxlar belgilangan ish razryadlaridan, mehnatga haq toʻlash razryadlaridan, tarif stavkalaridan (maoshlardan) va ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq boʻlgan kunbay tarif stavkasini yoki soatbay tarif stavkasini kunbay yoki soatbay ishlab berish normasiga boʻlish yoʻli bilan

…
Sharh

1. Ishbay tizimi — xodimning oladigan maoshi ishlagan mahsulot miqdori yoki bajargan ishi asosida hisoblanadigan toʻlov tizimidir. Yaʼni, qancha ishlab chiqarsa yoki xizmat koʻrsatsa, shunga yarasha haq oladi.

Ushbu tizimni barcha tashkilotlarda qoʻllash mumkin, davlat tashkiloti, xususiy korxonalar yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda ham.

…
Qisqacha xulosa

Ishbay haq toʻlashda ish haqi maxsus narx (rastsenka) orqali hisoblanadi. Bu narx ish razryadi, tarif stavkasi (maosh) va ishlab chiqarish yoki vaqt normalariga asoslanadi. Ishbay narx: tarif stavkasini ishlab berish normasiga boʻlish orqali, yoki tarif stavkasini vaqt normasiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Tarif stavkasi esa: oylik maoshni oylik ish kunlari yoki soatlari normasiga boʻlish orqali hisoblanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.