O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
430-modda

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda taʼtil olish huquqi

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ish beruvchi I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimning xohishiga koʻra uning yozma arizasi asosida unga ish haqi saqlanmagan holda har yili davomiyligi oʻn toʻrt kalendar kungacha boʻlgan taʼtil berishi shart.

Sharh

MKning 241-moddasiga asosan, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil deganda xodimning ish oʻrni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq toʻlanmaydigan taʼtil tushuniladi. Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil olish istagida boʻlgan xodim ish beruvchiga yozma ariza bilan murojaat etishi kerak. Ish beruvchi rozi boʻlmasa xodimga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilmaydi (MKning 241-moddasi sharhiga qarang).

Ammo I va II guruh nogironligi

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi I va II guruh nogironligi bor xodimning yozma arizasiga koʻra har yili 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berishi shart. Taʼtil oldindan ariza bilan soʻraladi va ish beruvchi uni rad eta olmaydi. Bu qoida nogironligi bor xodimlarning dam olish va davolanish imkoniyatini kengaytiradi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.