O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
378-modda

Ishlab chiqarish taʼlimining vaqti

V bo'lim · Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish›22-bob · Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Oʻquvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish taʼlimi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshmasligi kerak.

Tashkilotda ishlab chiqarish taʼlimini oʻtayotgan oʻquvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan toʻliq ozod qilinishi yoki bu ishni toʻliq boʻlmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin.

…
Sharh

1. Ishlab chiqarish taʼlimi vaqti shartnoma va xodimlarning tegishli toifasi uchun MKning 182-moddasida belgilangan ish vaqti normasi bilan belgilanadi, ammo hafta davomida belgilangan davomiylikdan oshmasligi kerak.

Ish beruvchi MKning 183-moddasining birinchi qismiga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va

…
Qisqacha xulosa

Oʻquvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish taʼlimi vaqti shu toifa xodimlar uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshmasligi kerak. Oʻquvchi ish beruvchi bilan kelishib, mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan toʻliq ozod qilinishi yoki toʻliqsiz ish vaqtida ishlashi mumkin. Taʼlim davrida u ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmaydi va taʼlimga aloqador boʻlmagan xizmat safarlariga yuborilmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.