O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
82-modda

Hududiy jamoa kelishuvlari

II bo'lim · Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik›9-bob · Jamoa kelishuvlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari oʻrtasida, taraflarning taklifiga koʻra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi.

Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlarning tegishli hudud uchun umumiy boʻlgan mehnat shartlarini, kafolatlari va imtiyozlarini belgilaydi.

Sharh

1. Ushbu moddaning birinchi qismi hududiy jamoa kelishuvlar tuzish normalarini belgilaydi.

Hududiy jamoa kelishuvi — bu muayyan hudud (tuman, shahar, viloyat) darajasida mehnatning umumiy shartlari, kafolatlar va imtiyozlar, ish beruvchilarning qoʻshimcha ijtimoiy majburiyatlarini tartibga solish uchun tuziladigan normativ-huquqiy hujjatdir.

…
Qisqacha xulosa

Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari oʻrtasida tuziladi, taraflar taklif qilsa, mahalliy hokimiyat organlari ham ishtirok etadi. Bunday kelishuv shu hudud uchun umumiy boʻlgan mehnat shartlarini, kafolatlar va imtiyozlarni belgilaydi. Demak u butun hududdagi xodimlarga qoʻshimcha himoya beradi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.