O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
260-modda

Har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda mehnatga haq toʻlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Mehnatiga vaqtbay haq toʻlanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga yuqoriroq malakali ish boʻyicha haq toʻlanadi.

Mehnatiga ishbay haq toʻlanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga u bajargan ishning baholari boʻyicha haq toʻlanadi.

…
Sharh

1. Mehnatiga vaqtbay ish haqi toʻlanadigan xodim ish vaqti davomida har xil vazifalarni bajarsa, bu vazifalarning har biri turli malaka talab qilsa, u holda xodimning ish haqi uning bajargan eng yuqori malakali ish boʻyicha belgilanadigan tarif stavkasi yoki maosh asosida hisoblanadi.

Ushbu holatda yuqoriroq malakali ishni toʻgʻri aniqlash muhim. Masalan, lavozim yoʻriqnomalari va tarif-malaka maʼlumotnomalarida har

…
Qisqacha xulosa

Mehnatiga vaqtbay haq toʻlanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga yuqoriroq malakali ish boʻyicha haq toʻlanadi. Mehnatiga ishbay haq toʻlanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga u bajargan ishning baholari boʻyicha haq toʻlanadi. Ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda mehnatiga ishbay haq toʻlanadigan xodimlarga oʻziga berilgan razryadlardan pastroq tarifikatsiya qilinayotgan ishlarni bajarish topshiriladigan hollarda ish beruvchi ularga razryadlar oʻrtasidagi farqni toʻlashi shart.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

5.0/5
MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600
  • Begmatov Oybek Ibadullayevich2 oy oldin

    Ushbu sharhlarga hizmatlari singgan barcha masʼul mutaxassislarga alohida tashakkur aytib qolaman!