Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
285-modda
Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi
IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›17-bob · Kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari
“
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida belgilangan pul toʻlovlari kompensatsiya toʻlovlaridir.
Sharh
“
MK 285-moddasida kompensatsiya toʻlovlariga qaysi toʻlovlar kiritish mumkinligi belgilangan boʻlib, unga koʻra xodim ish jarayonida sarflagan yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga ushbu moddada bir shart borki, bunda ish beruvchi kompensatsiya toʻlovlarni toʻlashi uchun ular mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda
…”
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
285-modda · IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar
Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi
Rasmiy matn
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida belgilangan pul toʻlovlari kompensatsiya toʻlovlaridir.
Sharh
MK 285-moddasida kompensatsiya toʻlovlariga qaysi toʻlovlar kiritish mumkinligi belgilangan boʻlib, unga koʻra xodim ish jarayonida sarflagan yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga ushbu moddada bir shart borki, bunda ish beruvchi kompensatsiya toʻlovlarni toʻlashi uchun ular mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlishi kerak (MK 10 va 12-moddalar sharhiga qarang).
Kompensatsiya qilinadigan xarajatlar xodimlar oʻz hisobidan toʻlangan yoki toʻlanmaganligidan qatʼiy nazar qoplanishi kerak, ammo bu xarajatlar xodimning mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlishi kerak.
Shuningdek, ushbu xarajatlar nafaqat pul koʻrinishida balki vaqt yoki boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Masalan, MKning 286-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan foydalanmagan yillik mehnat taʼtili uchun yoxud ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan toʻlanadigan kompensatsiyalarni koʻrsatish mumkin.