O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
357-modda

Xodimni ishga qabul qilish va boshqa ishga oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar20-bob · Mehnatni muhofaza qilish

Xodimni sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlgan ishga qabul qilish va boshqa ishga oʻtkazish taqiqlanadi.

Xodimni uning hayotiga va sogʻligʻiga yuqori darajadagi xavf ehtimoli oldindan maʼlum boʻlgan ishga qabul qilayotganda hamda oʻtkazayotganda ish beruvchi uni bu haqda ogohlantirishi shart.

Sharh

1. Ishga joylashtirish bilan bogʻliq munosabatlar. Bu munosabatlar fuqarolar oʻzlarining mehnat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishida koʻmak soʻrab vakolatli davlat organlariga murojaat qilganlarida yuzaga keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.