O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
73-modda

Tashkilot qayta tashkil etilgan taqdirda jamoa shartnomasi amal qilishining saqlanib qolishi

II bo'lim · Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik8-bob · Jamoa shartnomasi

Tashkilot qayta tashkil etilayotganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa shartnomasi oʻzining amal qilishini saqlab qoladi.

Tashkilotni qayta tashkil etish yakunlangan paytdan eʼtiboran bir oy ichida jamoaviy muzokaralarning istalgan tarafi amaldagi jamoa shartnomasini qayta koʻrib chiqish yoki oʻz kuchida saqlab qolish toʻgʻrisida taklif kiritishga haqli.

Sharh

1. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) chogʻida yoki qayt tashkil etilgandan keyin ham jamoa shartnomasining amal qilinishi saqlanib qolinadi. Bu xodimlarning ijtimoiy va mehnat huquqlari uzluksizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayta tashkil etishni amalga oshirish davrida jamoa shartnomasining barcha qoidalari amal qilishda davom etadi

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.