O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
78-modda

Xodimlarni jamoa shartnomasi bilan tanishtirish

II bo'lim · Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik›8-bob · Jamoa shartnomasiAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Ish beruvchi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay xodimlarni jamoa shartnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart.

Mehnat shartnomasini tuzishda ish beruvchi ishga qabul qilinayotgan xodimni jamoa shartnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart.

Sharh

1. Ushbu moddaning birinchi qismi ish beruvchining xodimlarni jamoa shartnomasi mazmuni bilan tanishtirishni taʼminlash majburiyatini belgilaydi. Bu — mehnat huquqlarini amalga oshirish uchun asosiy shartdir, chunki xodim oʻz huquqlarini bilmasa, tashkilotdagi oʻrnatilgan tartib qoidalardan xabari boʻlmasa, ularga rioya eta olmaydi va oʻz huquqlarini himoya qila olmaydi.

Ushbu modda imperativ (majburiy) xarakterga ega

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi jamoa shartnomasi kuchga kirgandan keyin 10 kundan kechiktirmay xodimlarni u bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart. Mehnat shartnomasi tuzilayotganda ishga qabul qilinayotgan xodim ham jamoa shartnomasi bilan imzo orqali tanishtiriladi. Shu tariqa har bir xodim oʻz huquq va kafolatlarini biladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.