O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
296-modda

Ichki mehnat tartibi qoidalari

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›18-bob · Mehnat intizomiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida ichki mehnat tartibi qoidalariga taʼrif berilgan boʻlib, bundan tashqari ichki mehnat tartibi qoidalari haqida tashkilotlar ishini samarali tashkil etish, turli xodimlar, tashkilot tarkibiy qismlari faoliyati uygʻunligiga erishish, xodimlarni ish vaqtidan, moddiy va boshqa resurslaridan samarali foydalanish, mehnatga ongli munosabatda boʻlishlarini taʼminlashga xizmat

…
Qisqacha xulosa

Ichki mehnat tartibi qoidalari – bu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ichki hujjat boʻlib, unda: mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish tartibi, xodimlar va ish beruvchi huquqlari va majburiyatlari, ish rejimi va dam olish vaqtlari, xodimlarga qoʻllaniladigan imtiyoz va jazo choralari, shuningdek, mehnat munosabatlariga oid boshqa masalalar belgilanadi. Qoidalar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va ular xodimlarga intizom ustavlari va nizomlariga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.