O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
300-modda

Xodimning intizomiy javobgarligi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›18-bob · Mehnat intizomiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

Intizomiy javobgarlikning turlari umumiy va maxsus intizomiy javobgarlikdan iboratdir.

…
Sharh

1. Mehnat intizomini mustahkamlashda zarur hollarda majburlash, hokimiyat kuchidan foydalanish ham eng samarali usullardan boʻlib hisoblanishi mumkin. Majburlash usuli qoʻllanilganida foydalaniladigan asosiy huquqiy vosita boʻlib intizomiy javobgarlikka tortish sanaladi.

Intizomiy javobgarlik – bu, oʻz aybli xulq-atvori bilan mehnat intizomini buzayotgan xodimga nisbatan qonunda nazarda tutilgan intizomiy jazo

…
Qisqacha xulosa

Intizomiy javobgarlik – xodimning intizomiy qoidabuzarligi uchun qoʻllaniladigan yuridik javobgarlikdir. Umumiy intizomiy javobgarlik – barcha xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi va Kodeks hamda ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan intizomiy jazo choralarini oʻz ichiga oladi. Maxsus intizomiy javobgarlik – faqat alohida xodimlar toifasiga tegishli boʻlib, qonun, ustav yoki nizomlarda koʻrsatilgan intizomiy choralarni qoʻllashni nazarda tutadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.