O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
498-modda

Vaqtinchalik xodimlarga mehnat taʼtili berish

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›28-bob · Xodim mehnatining xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Vaqtinchalik xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq toʻlanadigan mehnat taʼtili olish huquqiga ega.

Vaqtinchalik xodimlarga mehnat taʼtillari beriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning xohishiga koʻra ishning har bir oyi uchun ikki ish kuni hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.

Sharh

1. Vaqtinchalik xodimlarga haq toʻlanadigan mehnat taʼtili ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan beriladi, agar ishining muddati bir oyga yetmasa, ishlagan ish kunlariga mutanosib ravishda beriladi.

Vaqtinchalik xodimlarga haq toʻlanadigan mehnat taʼtili xodimning arizasiga koʻra beriladi.

…
Qisqacha xulosa

Vaqtinchalik xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobida haq toʻlanadigan taʼtil olish huquqiga ega. Taʼtil beriladi yoki shartnoma bekor qilinganda ularning xohishiga koʻra har bir oy uchun ikki ish kuni hisobida kompensatsiya toʻlanadi. Bu qoida qisqa muddatli xodimlarning dam olish huquqini ham himoya qiladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.