O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
234-modda

Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi.

Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili uchun taʼtilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin.

…
Sharh

1. Mazkur moddaning birinchi qismidagi “barcha” soʻziga va “foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari” degan jumlaga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, bu tushunchalar amaliyotdagi bir qator savollarning yechimini keltirib chiqaradi.

Birinchidan, “barcha” degan soʻz, oʻz maʼnosi bilan barcha foydalanilmagan yillik mehnat taʼtillarini, yaʼni necha yillar davomida taʼtil berilmagan

…
Qisqacha xulosa

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi. Xodimning xohishiga koʻra, eng kam davomiylikdan tashqari taʼtil uchun ham pulli kompensatsiya berilishi mumkin. Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. 18 yoshga toʻlmagan xodimlar va I yoki II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun ijtimoiy va qoʻshimcha taʼtillar asli holda beriladi, ularni pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkin emas.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.