O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
499-modda

Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning oʻziga xos xususiyatlari

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›28-bob · Xodim mehnatining xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Vaqtinchalik xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli.

Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) tugatilishi (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), xodimlar sonining yoki shtatining oʻzgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi), shuningdek xodimning

…
Sharh

1. Vaqtinchalik xodim ham mavsumiy xodim singari ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli.

MKning 160-moddasida koʻrsatilgan mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilishda ogohlantirish muddatidan boshqa barcha umumiy qoidalar qoʻllaniladi (MKning 160-moddasi sharhiga qarang).

…
Qisqacha xulosa

Vaqtinchalik xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma ogohlantirib, shartnomani oʻz tashabbusi bilan bekor qilishi mumkin. Ish beruvchi tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtati oʻzgarganda va malaka yetarli boʻlmaganda shartnomani bekor qilish haqida xodimni belgilangan qisqa muddatda ogohlantiradi. Bu qoidalar qisqa muddatli xodim ham, ish beruvchi ham shartnomani oldindan ogohlantirib tugatishini taʼminlaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.