O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
439-modda

Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtillari

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›26-bob · Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bogʻliq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy taʼtillar, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha mehnat taʼtillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar oʻrindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishda yillik mehnat taʼtili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.

…
Sharh

1. Oʻrindosh-xodimlar korxonaning boshqa asosiy xodimlari bilan bir qatorda yillik asosiy haq toʻlanadigan mehnat taʼtilini olish huquqiga ega.

Barcha xodimlar, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. (MKning 216-moddasi). Taʼtil kunlarini hamda toʻlovlarini berish tartibi ichki yoki tashqi oʻrindoshlikka bogʻliq emas. Ammo oʻrindoshlarga taʼtil berish

…
Qisqacha xulosa

Oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi yillik taʼtil bilan bir vaqtda beriladi. Birinchi ish yilida olti oydan kam ishlagan boʻlsa, taʼtil haqi ishlagan vaqtiga mutanosib toʻlanadi. Birinchi yilda olti oy ishlaganlarga va keyingi yillarga taʼtil beriladigan tartib moddada koʻrsatilgan.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.