O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
18-modda

Ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlari

I bo'lim · Umumiy qoidalar›2-bob · Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida muayyan xodimga (xodimlarga) yoki jamoaga yoʻnaltirilgan va bir marta qoʻllanilish (ishga qabul qilish, mehnat sharoitlarini oʻzgartirish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, xodimga mehnat taʼtili berish, xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash, xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi va boshqa buyruqlar) uchun

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan ushbu moddada ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlari turlari koʻrsatilgan va hujjatlarning mazmuni bilan bogʻliq qoidalar belgilangan.

Ish beruvchilarning vakolatlari nafaqat MK yoki mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda balki boshqa qonunchilik hujjatlarida ham koʻrsatilgan boʻladi. Shuning uchun ushbu moddaning birinchi qismida “qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi oʻz vakolati doirasida xodimga yoki jamoaga qaratilgan, bir marta qoʻllanadigan hujjatlar chiqarishi mumkin: ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, taʼtil berish, intizomiy jazo yoki ragʻbatlantirish haqidagi buyruqlar shular jumlasidandir. Rahbar yakka oʻzi chiqarsa buyruq yoki farmoyish, kollegial organ chiqarsa qaror shaklida boʻladi. Agar bunday hujjat xodim uchun qonun va boshqa hujjatlardagidan noqulayroq shartlarni oʻz ichiga olsa, u yoki uning shu qismi haqiqiy boʻlmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.