O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
32-modda

Ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladigan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar

I bo'lim · Umumiy qoidalar2-bob · Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar

Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.

Sharh

Mazkur modda ish beruvchining zimmasiga sud qarori asosida ishga qabul qilish bilan bogʻliq munosabatlarni belgilaydi.

Mehnat qilish huquqi har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlaridan sanaladi. Fuqaroni ishga qabul qilish uning mutaxassisligi, malakasi yetarli boʻlmaganda va qonunda belgilangan boshqa asoslarda rad etilishi mumkin. Ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish mumkin emas.

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.