O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
517-modda

Ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan uy ishchisining mehnat shartlarini oʻzgartirish

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari29-bob · Mikrofirmalarda va ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeks 137-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs uy ishchisining taraflar tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan mehnat shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida xodimni kamida oʻn toʻrt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.

Sharh

MKning 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaʼni agar texnologiyadagi va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʻlmasa, ish beruvchi uy ishchisini mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida uning roziligisiz mehnat shartlarini

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.