O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
249-modda

Mehnatga haq toʻlash tizimi va uni belgilash tartibi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Mehnatga haq toʻlash tizimi xodimlar ish haqi miqdorining mehnatning miqdori va sifatiga, ularning shaxsiy va jamoaviy natijalariga bogʻliqligini belgilash usulidir.

Xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi, bundan ushbu Kodeksda ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan nazarda tutilgan hollar mustasno.

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida mehnatga haq toʻlash tizimi tushunchasiga taʼrif berilgan boʻlib, ushbu Kodeks va boshqa mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda mehnatga haq toʻlash tizimini belgilashda inobatga olinishi lozim.

Unga koʻra, mehnatga haq toʻlash tizimi xodimlar ish haqi miqdorining mehnatning miqdori va sifatiga, ularning shaxsiy va

…
Qisqacha xulosa

Mehnatga haq toʻlash tizimi xodimlar ishining miqdori va sifati, shaxsiy va jamoaviy natijalarga qarab belgilanishi lozim. Tizim ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi kelishuvi asosida yoki qonunchilikda koʻrsatilgan hollarda belgilanadi. Tashkilotda turli xodimlar yoki boʻlimlar uchun bir nechta tizimlar qoʻllanishi mumkin, ular vaqtbay, ishbay yoki boshqa mezonlar asosida boʻlishi mumkin. Xususiyatlar va iqtisodiy sharoitga koʻra tarifli yoki tarifsiz tizimlar qoʻllaniladi. Byudjet tashkilotlari uchun esa mehnatga haq toʻlash tizimlari qonun bilan belgilanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.