O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
266-modda

Bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʻra ishni vaqtincha toʻxtatib turish) xodimning oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.

Ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi

…
Sharh

1. Bekor turib qolingan vaqt deganda xodimning ish vaqtida vaqtinchalik mehnat vazifalarini bajarmaslik tushuniladi. Bu ish beruvchining aybi bilan, ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra, xodimning aybi bilan boʻlishi mumkin.

Agar ish beruvchining aybi bilan korxona yoki uning tarkibiy boʻlinmasi (tsex, boʻlim) faoliyati toʻxtab qolsa (masalan, iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy

…
Qisqacha xulosa

Ish beruvchi aybi bilan toʻxtatilsa – xodimga oʻrtacha ish haqi toʻlanadi. Ish beruvchi va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablar (iqtisodiy, texnik, tashkiliy va h.k.) – xodimga tarif stavkasi/maoshining kamida 2/3 qismi toʻlanadi. Xodim aybi bilan toʻxtatilsa – haq toʻlanmaydi. Bekor turib qolingan vaqt boshlanishi – asbob-uskuna buzilishi yoki boshqa toʻsqinliklar yuzaga kelsa, xodim darhol rahbarga xabar berishi kerak.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.