O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
270-modda

Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment

…
Sharh

1. MKning 269-moddasida ish haqidan ushlab qolish asoslari koʻrsatilgan boʻlib, sharhlanayotgan moddada ish haqidan ushlab qolishdagi cheklangan miqdor koʻrsatilgan.

Har bir ish haqi toʻlovi vaqtida xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan jami mablagʻlar miqdori xodimga hisoblangan umumiy ish haqining yarmidan (50 foizidan) oshib ketishi mumkin emas.

…
Qisqacha xulosa

Har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.