O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
259-modda

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda va ish hajmi koʻpayganda mehnatga haq toʻlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qoʻshimcha toʻlov belgilanadi va toʻlanadi:

byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;

…
Sharh

1.1. MKning 116-moddasida bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini koʻpaytirish, vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish tartibi va shartlari belgilangan (MKning 116-moddasi sharhiga qarang).

Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida xodim bir vaqtning oʻzida bir necha kasbda (lavozimda)

…
Qisqacha xulosa

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qoʻshimcha toʻlov belgilanadi va toʻlanadi: byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida; byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi shtatdagi uning oʻrnini bosadigan shaxs zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.