O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
252-modda

Ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›15-bob · Mehnatga haq toʻlashAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar jumlasiga xodimlarga mehnatdagi yuksak yutuqlari, kasbiy mahorati, energiya resurslarini, materiallarni tejaganligi, oldindan belgilangan boshqa koʻrsatkichlarga erishganligi uchun beriladigan mukofotlar, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar kiradi.

Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofot xodimni oldindan belgilangan koʻrsatkichlar

…
Sharh

1. Ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar xodimlar ishining natijadorligini oshirish, kasbiy mahoratlarini rivojlantirish va ishga boʻlgan sadoqatlarini kuchaytirish maqsadida beriladigan pul toʻlovlari hisoblanadi.

Ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar mukofot, ustama, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar va boshqa turdagi toʻlovlardan iborat boʻladi.

…
Qisqacha xulosa

Mukofotlar – xodimning mehnatdagi yuqori yutuqlari, kasbiy mahorati, resurslarni tejashi yoki oldindan belgilangan koʻrsatkichlarga erishishi uchun asosiy maoshdan tashqari beriladigan pul toʻlovi. Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofot – oldindan belgilangan shart va koʻrsatkichlarga erishish uchun ish haqiga qoʻshimcha beriladi. Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilmagan mukofot – bir marta beriladi, oldindan belgilangan koʻrsatkichlar uchun emas, balki yubileylar, bayramlar yoki maxsus topshiriqlar uchun toʻlanadi. Ustama – mehnat shartnomasiga muvofiq ish bajarilgani uchun, kasbiy mahorat, uzoq muddatlik staj yoki noqulay shartlar uchun beriladigan qoʻshimcha toʻlov. Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov – xodimning asosiy vazifalaridan tashqari qoʻshimcha ish bajarishi yoki mehnat sharoitidan chetga chiqilgan hollarda (tunda, dam olish kunlari, kasallik, ishchi yetmasligi) amalga oshiriladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.