O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
325-modda

Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi ushbu Kodeksning 323-moddasida va 324-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlardan tashqari jabrlanuvchiga mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart. Davolanish, protezlash, qoʻshimcha ovqatlanish, dori vositalarini sotib olish, sanatoriy-kurortda

…
Sharh

1. Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini MKning 323-moddasiga muvofiq bir martalik nafaqa va 324-moddasi birinchi qismiga muvofiq har oylik toʻlovlardan tashqari qoʻshimcha xarajatlarni ham kompensatsiya qilishi (qoplashi) kerak.

Ushbu moddaga koʻra ish beruvchi quyidagi xarajatlarni toʻliq qoplashi shart:

…
Qisqacha xulosa

Bu qoidalarga koʻra, xodimning sogʻligʻiga ish jarayonida ziyon yetkazilsa, ish beruvchi Kodeksning 323 va 324-moddalarida belgilangan toʻlovlardan tashqari, jabrlanuvchiga kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarni qoplashi kerak. Bu xarajatlar davolanish, protezlash, dorilar, maxsus ovqatlanish, sanatoriy-kurort, maxsus transport, parvarish va yuridik yordam uchun boʻlishi mumkin. Dorilar uchun chek va retsept talab etiladi, I guruh nogironlar uchun uyda parvarish talabi doimiy qoidaga oid emas. Agar jabrlanuvchiga bir nechta yordam kerak boʻlsa, har bir yordam uchun xarajat qoplanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.