O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
341-modda

Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini toʻliq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir.

Yetkazilgan zarar uchun toʻliq miqdordagi moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.

…
Sharh

1. Xodimning moddiy javobgarligi (MKning 340-moddasi) bilan xodimning toʻliq moddiy javobgarligi oʻrtasiga farq qoplanadigan zararni miqdori va tartibi (shartlari) hisoblanadi.

Xodimning moddiy javobgarligida zarar xodimning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida qoplansa, xodimning toʻliq moddiy javobgarligida xodimning ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini toʻliq miqdorda qoplanadi.

…
Qisqacha xulosa

Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi – ish beruvchiga yetkazilgan haqiqiy zararni toʻliq qoplash majburiyati. Bu javobgarlik faqat qonun va Kodeksda koʻrsatilgan holatlarda qoʻllaniladi. 18 yoshgacha boʻlgan xodimlar esa faqat qasddan yoki mastlik/jinoyat natijasida yetkazilgan zarar uchun toʻliq moddiy javobgarlikka ega.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.