Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
349-modda
Tashkilotga uning rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi
“
Tashkilotga uning mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tashkilot mulkdorining yoki u vakolat bergan organning qarori asosida qoplanadi.
Rahbar zararning oʻrnini ixtiyoriy tartibda qoplashni rad etgan taqdirda, yetkazilgan zarar sud tartibida undiriladi.
Sharh
“
1. Agar tashkilot rahbari (direktor, boshqaruv raisi va h.k.) oʻz harakatlari yoki harakatsizligi natijasida tashkilotga zarar yetkazsa, u zararni qoplash uchun moddiy javobgar hisoblanadi.
Ushbu modda faqat tashkilot rahbari uchun tatbiq etiladi.
…”
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
349-modda · IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar
Tashkilotga uning rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Rasmiy matn
Tashkilotga uning mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan rahbari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tashkilot mulkdorining yoki u vakolat bergan organning qarori asosida qoplanadi.
Rahbar zararning oʻrnini ixtiyoriy tartibda qoplashni rad etgan taqdirda, yetkazilgan zarar sud tartibida undiriladi.
Sharh
1. Agar tashkilot rahbari (direktor, boshqaruv raisi va h.k.) oʻz harakatlari yoki harakatsizligi natijasida tashkilotga zarar yetkazsa, u zararni qoplash uchun moddiy javobgar hisoblanadi.
Ushbu modda faqat tashkilot rahbari uchun tatbiq etiladi.
Rahbarga nisbatan zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarorni tashkilot mulkdori yoki u tomonidan vakolat berilgan qabul qiladi.
Agar muassis tashkilotni boshqarish vakolatini boshqa organga (masalan, kuzatuv kengashiga) bergan boʻlsa, qarorni oʻsha organ chiqaradi.
Shuningdek, zararni undirishda MKdagi umumiy qoidalarga rioya etilishi kerak.
2. Yetkazilgan zarar oʻrnini dastlab rahbardan mulkdor tomonidan ixtiyoriy tartibda qoplashini taklif qiladi. Agar tashkilot rahbari ixtiyoriy tartibda qoplashni rad etsa, yetkazilgan zarar sud tartibida undiriladi.