O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
334-modda

Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u oʻzining aybi yoʻqligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning oʻrnini qoplash kuni mazkur hududda amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha hisoblab chiqariladi.

Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.

Sharh

1. Xodimning shaxsiy mol-mulki ish beruvchi tomonidan buzilgan yoki yoʻqotilgan (zarar yetkazilgan) boʻlsa, ish jarayonida ish beruvchi xodimning shaxsiy vositalaridan foydalanib, ularga zarar yetkazgan boʻlsa, ish beruvchi xodimning mol-mulkini saqlash majburiyatini olgan boʻlsa, ushbu zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi.

Ayrim hollarda ushbu zararda ish beruvchini aybi boʻlmasligi mumkin. Shunday holatda

…
Qisqacha xulosa

Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u oʻzining aybi yoʻqligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning oʻrnini qoplash kuni mazkur hududda amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.