O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
333-modda

Xodimga ish haqi toʻlashni va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan modda xodimga ish haqi toʻlashni va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligini belgilaydi.

Ish haqiga qanday toʻlovlar kirishi MKning 243 va 248-moddalari koʻrsatilgan.

…
Qisqacha xulosa

Ushbu moddaga koʻra, ish beruvchi ish haqi, taʼtil toʻlovlari va mehnat shartnomasi bekor qilingandagi yoki boshqa toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlamasa, ularni kechiktirilgan har bir kun uchun foizlar bilan toʻlashi shart. Foizlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblanadi, shuningdek, xodimga qoʻshimcha pulli kompensatsiya ham toʻlanadi (qayta moliyalashtirish stavkasining 10% miqdorida). Kompensatsiya miqdori mehnat shartnomasi yoki ichki hujjatlar bilan oshirilishi mumkin va ish beruvchi kechiktirishda aybli boʻlishidan qatʼiy nazar toʻlanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

5.0/5
MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600
  • "Форишцемент" MCHJ2 oy oldin

    Экспорт қилувчи корхона Экспорт билан шуғулланувчи корхона сифатида айрим тўловлар ташқи ҳисоб-китобларга боғлиқ. Шундай ҳолатларда 511% гача компенсация ҳисобланиши корхона учун ўта оғир молиявий юк бўлади. Бу рақобатбардошликни пасайтиради ва банкротлик хавфини оширади. Инвестор нуқтаи назаридан Биз хусусий инвестор сифатида бундай ҳисоблаш тартибини катта хавф деб ҳисоблаймиз. Компенсациянинг 511% гача етиши инвестиция муҳитини ёмонлаштиради ва хусусий капитални ишлаб чиқаришга жалб қилишга тўсқинлик қилади. Ҳисоблашнинг ягона ва адолатли тартиби қонун билан белгиланиши лозим.

  • "Форишцемент" MCHJ2 oy oldin

    Амалда 333-модда бўйича компенсацияни ҳисоблашнинг ягона методикаси мавжуд эмас. Меҳнат вазирлиги қўллаётган, амалда 511% гача етадиган ҳисоблаш усули иш берувчилар зиммасига номутаносиб молиявий юк юклайди. Бу айниқса хусусий сектордаги кўплаб корхоналарнинг тўловга қобилиятсиз бўлишига ва ҳатто банкротликка олиб келиши мумкин. Шу боис қонунчиликда 365 кун асосида ягона ҳисоблаш методикасини ҳамда компенсациянинг энг юқори (чекланган) миқдорини белгилаш мақсадга мувофиқ.

  • "Jizzax-Toshtepa tekstil" MCHJ3 oy oldin

    МКнинг 560-моддасига иш хаки ва бошка туловларни ундириш борасида судга мурожаат килиш муддатини 4 ой килиб белгилаш таклифи киритилиши максадга мувофик.