O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
336-modda

Xodimning hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›19-bob · Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida arizani koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.

Ish beruvchining xodimga hayotiga va sogʻligʻig

…
Sharh

1. Agar xodimning hayoti va sogʻligʻiga mehnat jarayonlarida zarar yetgan boʻlsa, jabrlangan xodimning oʻzi tomonidan ish beruvchiga ariza beriladi, shuningdek xodim vafot etgan taqdirda ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan ariza beriladi.

Ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslarga uning oila aʼzolari (er, xotin, farzandlar, ota-ona,

…
Qisqacha xulosa

Hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida arizani koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Ish beruvchining xodimga hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda topshiriladi. Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.