O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
404-modda

Homiladorlik va tugʻish taʼtili

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

Homiladorlik va tugʻish taʼtili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqari

…
Sharh

1. Homiladorlik va tugʻish taʼtili MKning 237-moddasiga asosan ijtimoiy taʼtil hisoblanadi. Ushbu taʼtil ijtimoiy maqsad uchun, yaʼni ayol xodimni homiladorlik va tugʻish davrida ijtimoiy kafolatlash uchun taqdim etiladi.

Mazkur taʼtil ijtimoiy taʼtil boʻlganligi uchun undan asli holida foydalaniladi va uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (MK 234-moddasi sharhiga qarang). Shu bilan birga,

…
Qisqacha xulosa

Ayolga tugʻruqqacha 70 kalendar kun va tugʻruqdan keyin 56 kalendar kun homiladorlik va tugʻish taʼtili beriladi. Tugʻish qiyin kechsa yoki ikki va undan koʻp bola tugʻilsa, tugʻruqdan keyingi muddat 70 kun. Taʼtil davrida oʻrtacha oylik ish haqining kamida 75 foizi miqdorida nafaqa toʻlanadi va taʼtil jamlab, tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlardan qatʼi nazar, toʻliq beriladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.