O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
405-modda

Bolani ikki va uch yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash taʼtillari

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, bu davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa toʻlanadi.

Ayolga uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtil ham beriladi.

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismiga koʻra, bolani parvarishlash taʼtiliga chiqish ayolning huquqi boʻlib, homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan soʻng ayol istasa ishini davom ettirishi, istamasa bolani parvarishlash taʼtiliga chiqishi mumkin. Demak, ish beruvchi ayolni bolani parvarishlash taʼtiliga chiqishga majbur qila olmaydi.

Ayol bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtiliga chi

…
Qisqacha xulosa

Homiladorlik va tugʻish taʼtilidan keyin ayolning xohishiga koʻra bola ikki yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash taʼtili beriladi va bu davr uchun nafaqa toʻlanadi. Ayolning xohishiga koʻra bola uch yoshga toʻlguncha ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi. Bu taʼtillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindosh ham foydalanishi mumkin.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.