O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
418-modda

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili berish

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga davomiyligi kamida oʻttiz kalendar kun boʻlgan yillik mehnat taʼtili beriladi va ular bu taʼtildan yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat taʼtili berilayotgan ish yili xodim oʻn sakkiz yoshga toʻladigan va toʻlib boʻlganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, taʼtilning davomiyligi xodim oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar va oʻn

…
Sharh

1. MKning 218-moddasiga koʻra, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga oʻttiz kalendar kundan iborat har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.

Mazkur kafolatni oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimi bor har qanday ish beruvchi, yaʼni mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar har qanday korxona, tashkilot, muassasa hamda yakka tartibdagi tadbirkor oʻz xodimlariga taqdim etishi kerak.

…
Qisqacha xulosa

18 yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik mehnat taʼtili kamida 30 kalendar kun beriladi va ular undan yilning oʻzlari uchun qulay istalgan vaqtida foydalanishi mumkin. Ish yilida 18 yoshga toʻlsa, taʼtil davomiyligi 18 yoshgacha va undan keyin ishlangan vaqtga mutanosib hisoblanadi. Bunday xodimlarga yillik taʼtil bermaslik taqiqlanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.