O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
411-modda

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish oʻrinlari hisobidan zaxiradagi ish oʻrinlariga mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi.

Sharh

Sharhlanayotgan modda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga joylashishga boʻlgan imtiyozli huquqlarini tartibga soladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 38-moddasida eng kam ish oʻrinlari hisobidan zaxiralanadigan ish oʻrinlari uchun aholining ehtiyojmand toifalari koʻrsatilgan boʻlib, ushbu toifalardagilar oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar boʻlsa, ular mahalliy mehnat

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.