O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
431-modda

Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq toʻlash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga toʻliq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

Sharh

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak

…
Qisqacha xulosa

I va II guruh nogironligi bor xodimlarning qisqartirilgan ish vaqtidagi mehnatiga haq tegishli kasb va lavozimdagi xodimlarga toʻliq ish vaqti uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi. Yaʼni ish soati kam boʻlgani sababli ularning ish haqi kamaymaydi. Shunday qilib, nogironligi bor xodim qisqa ish vaqti tufayli daromadidan mahrum boʻlmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.