O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
421-modda

Mehnat shartnomasini bekor qilishda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha kafolatlar

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Sharh

MKning 161-moddasida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari nazarda tutilgan. Ish beruvchi ushbu asoslardan tashqari boshqa asoslarni qoʻllagan holda oʻz tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qila olmaydi.

Ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi uchun u yoki bu asosning mavjud boʻlishi mehnat shartnomasini qonuniy bekor qilish uchun yetarli

…
Qisqacha xulosa

18 yoshgacha boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilishda umumiy tartibga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi ham kerak. Bu voyaga yetmaganlarni ishdan asossiz boʻshatishdan himoya qiladi. Shu bilan voyaga yetmaganlar ish beruvchining noqonuniy qarori tufayli ishsiz qolmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.