O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
408-modda

Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida homilador ayollar uchun kafolatlar

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›25-bob · Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.

Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan modda toʻrtta qismdan iborat boʻlib, uning har bir qismi alohida huquqiy munosabatni tartibga soladi. Xususan, moddaning birinchi qismida homilador ayollarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatish mumkin emasligi nazarda tutilgan.

Ushbu kafolat oliy Qonun darajasida belgilangan kafolat hisoblanadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida xodimni aynan

…
Qisqacha xulosa

Homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish mumkin emas, tashkilot yoki tadbirkorlik faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno. Ayolning homiladorligi davrida muddatli shartnoma muddati tugasa, ish beruvchi uning yozma arizasi va tibbiy maʼlumotnomasiga koʻra shartnoma muddatini homiladorlik tugaguncha uzaytiradi. Bu kafolat homilador ayolning daromadini va ish joyini himoya qiladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.