O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
437-modda

Oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻidagi ish vaqtining davomiyligi va uni hisobga olish

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›26-bob · Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bogʻliq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻida oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).

Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan boʻshagan kunlarda oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.

…
Sharh

1. Mazkur moddaning birinchi qismida oʻrindoshlik asosidagi xodimning ish vaqtining davomiyligi bilan bogʻliq cheklovlar koʻzda tutilgan.

Xodimning asosiy ish joyidagi ish vaqtining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi boshqa ish beruvchidagi ish vaqtining davomiyligiga taʼsir qilmasligi lozim.

…
Qisqacha xulosa

Oʻrindoshlik ishining davomiyligi shu toifa xodimlar uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan oshmasligi kerak (shifokorlar bundan mustasno). Xodim asosiy ishidan boʻsh kunlarda oʻrindoshlikda toʻliq ish kunida ishlashi mumkin. Har kungi yarim normaga rioya qilib boʻlmasa, ish vaqti boshqacha hisobga olinadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.