O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
464-modda

Masofadan turib ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari›26-bob · Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bogʻliq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlariAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Masofadan turib ishlovchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin.

Agar masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tanishib chiqishi elektron hujjat tarzida amalga oshirilsa, ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodimga mazkur mehnat

…
Sharh

1. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda oʻziga xos xususiyatlar yoki boshqa bir asoslar mavjud emas, MKda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin.

Ushbu asoslar MKning tegishli moddalariga berilgan sharhlarda batafsil koʻrsatilgan.

…
Qisqacha xulosa

Masofadan ishlovchi xodim bilan shartnoma Kodeksdagi asoslarga koʻra bekor qilinadi. Xodim bekor qilish buyrugʻi bilan elektron hujjat orqali tanishsa, ish beruvchi shartnoma bekor qilingan kuni lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni xodimga yuborishi yoki berishi shart. Shu tariqa elektron muhitda ham xodimning hujjatlarini olish huquqi saqlanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.