O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
445-modda

Kasanachilikni qoʻllash shartlari

VI bo'lim · Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari26-bob · Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bogʻliq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari

Kasanachilikni qoʻllashga, basharti agar kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun zarur binolarga, shu jumladan turar joylarga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy koʻnikmalarga ega boʻlsa yoxud ishni bajarishga oʻqitilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.

Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi.

Sharh

1. Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismi kasanachilikni amalga oshirish uchun belgilangan ruxsat beruvchi shartlarni bayon etadi. Bu mehnat shaklining huquqiy maqomini belgilashda ish sharoiti, binoga egalik, malaka va tayyorgarlik kabi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.

Sharhlanayotgan normaga koʻra, ish beruvchi shaxsni kasanachi sifatida ishga qabul qilishi uchun kuyidagilar boʻlishi zarur:

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.