O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
547-modda

Mehnat nizolari boʻyicha komissiyani tuzish

VII bo'lim · Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish. mehnat nizolarini koʻrib chiqish›34-bob · Mehnat nizolarini koʻrib chiqishAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyani tuzish nazarda tutilishi mumkin.

Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoxud jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalarida tuzilishi mumkin.

…
Sharh

1. Mehnat qonunchiligiga muvofiq, jamoa shartnomasi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mehnat nizolari boʻyicha komissiyalarni tuzish, uning son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi kelishuvda belgilanadi.

…
Qisqacha xulosa

Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi kelishuvida mehnat nizolari boʻyicha komissiya tuzish nazarda tutilishi mumkin. Shunday kelishuvga koʻra komissiyalar tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida ham tuzilishi mumkin. Tarkibiy boʻlinmalardagi komissiyalarning vakolatlari ham kelishuvga koʻra belgilanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.