O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
571-modda

Xodimlarning va ular vakillarining talablar qoʻyishi

VII bo'lim · Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish. mehnat nizolarini koʻrib chiqish›34-bob · Mehnat nizolarini koʻrib chiqishAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ushbu Kodeksning 42-moddasiga muvofiq belgilangan xodimlar va ularning vakillari talablar qoʻyish huquqiga ega.

Tashkilot (tashkilotning alohida boʻlinmasi) xodimlari va (yoki) ularning vakillari tomonidan qoʻyilgan talablar xodimlarning tegishli umumiy yigʻilishida (konferentsiyasida) tasdiqlanadi, yozma shaklda bayon qilinadi hamda xodimlarning jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun ular vakolat

…
Sharh

1. Sharhlanayotgan moddaga koʻra, xodimlar va ularning vakillari ish beruvchi oldiga vujudga kelayotgan mehnat nizolari boʻyicha talablar qoʻyish huquqiga ega.

Xodimlarning vakilligi deganda, tashkilotda yoki jismoniy shaxs boʻlgan ish beruvchida xodimlarning vakilligini hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni boshlangʻich darajada kasaba uyushmasi qoʻmitasi amalga oshiradi.

…
Qisqacha xulosa

Xodimlar va ularning vakillari talablar qoʻyish huquqiga ega. Talablar xodimlarning umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da tasdiqlanadi, yozma shaklda bayon qilinadi va jamoaviy nizoni hal etish uchun vakolat berilgan vakillar tomonidan ish beruvchiga yuboriladi. Bu tartib talablar xodimlarning umumiy fikrini ifodalashini taʼminlaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.