O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
546-modda

Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish

VII bo'lim · Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish. mehnat nizolarini koʻrib chiqish›34-bob · Mehnat nizolarini koʻrib chiqishAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Ish beruvchi xodimning pulga oid talablarini muddati cheklanmagan holda butun davr uchun qanoatlantirishga haqli.

Xodimning pulga oid talablari yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiquvchi mehnat nizolari boʻyicha komissiya yoki sud tomonidan asosli deb topilgan taqdirda toʻliq miqdorda qanoatlantiriladi.

Sharh

1. Sharhlanayotgan normaga muvofiq, agar xodim ish beruvchiga mehnatga oid pulli talab misol uchun, ish haqi, ustama, kompensatsiya, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berishni talab qilsa, ish beruvchi bunday talabni butun davr uchun qoplab berishi mumkin.

Ya’ni, bu norma dispozitiv xarakterga ega bo‘lib, ish beruvchi xodimning pullik talablarini qondirishi huquq hisoblanadi, ammo majburiyat emas.

…
Qisqacha xulosa

1. Sharhlanayotgan normaga muvofiq, agar xodim ish beruvchiga mehnatga oid pulli talab misol uchun, ish haqi, ustama, kompensatsiya, qoʻshimcha toʻlovlar toʻlab berishni talab qilsa, ish beruvchi bunday talabni butun davr uchun qoplab berishi mumkin. Yaʼni, bu norma dispozitiv xarakterga ega boʻlib, ish beruvchi xodimning pullik talablarini qondirishi huquq hisoblanadi, ammo majburiyat emas. Bu normadagi muhim jihatlardan biri bu – muddatning cheklanmaganligidir. Zero, ish beruvchi xodimning 1 yil, 3 yil yoki hatto undan ham oldingi pulli talablarini toʻliq qanoatlantirishi mumkin. Fuqarolik huquqida daʼvo muddati odatda 3 yilni tashkil etadi. Lekin mehnat huquqida ish haqi va unga oid toʻlovlar xodimning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Shu sababli mazkur talablar boʻyicha daʼvo muddatiga cheklov yoʻq. Bu, ilmiy nuqtai nazardan, xodimni moliyaviy jihatdan muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy kafolat hisoblanadi. 2. Sharhlanayotgan norma xodimning moddiy manfaatlarining qonuniy himoyachisi hisoblanadi. Zero, mehnat huquqida ish haqi va pulli talablar xodimning eng asosiy ijtimoiy huquqi hisoblanadi. Shu sababli sharhlanayotgan norma hech qanday qisman qoplash yoki ish beruvchi imkoniyatidan kelib chiqib toʻlash kabi tushunchalarni nazarda tutmagan. Xodim ish beruvchiga nisbatan ish haqi, ustama, kompensatsiya undirish kabi talablar qoʻysa, mazkur talablar mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi komissiya yoki sud tomonidan dalillar asosida isbotlangan deb eʼtirof etilib qanoatlantirilsa, ish beruvchi xodimga mazkur moddiy toʻlovlarni toʻliq miqdorda toʻlab berishga majbur. Yaʼni, xodimning pulli daʼvolari qisman emas, balki toʻliq hajmda qondiriladi. Shu sababli MKning 554-moddasi birinchi qismidagi xodimni mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga murojaat qilish muddati (6 oy) va 560-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning muddati (6 oy) xodimning pulga oid talablari yakka tartibdagi mehnat nizosiga tatbiq etilmaydi va mehnat nizolari boʻyicha komissiya yoki sud tomonidan asosli deb topilgan taqdirda toʻliq miqdorda qanoatlantiriladi. Agar asosli deb topilmasa, rad qilinadi. XALQARO QONUNCHILIK Xalqaro Mehnat Tashkilotining 95-sonli Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisida Konventsiyasining 12-moddasiga koʻra, ish haqi muntazam ravishda muayyan vaqt oraligʻida toʻlanadi. Agar ish haqini muntazam vaqt oraligʻida toʻlashni taʼminlaydigan tegishli mexanizm mavjud boʻlmasa, ish haqi toʻlanishining davrlari milliy qonun hujjatlar yoki jamoa shartnomasi yoxud arbitraj qarori bilan belgilanishi kerak.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.